Endi faqat davlat granti kvotalari belgilanadi

 
2021-2022 o‘quv yilidan faqat davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari belgilanadi. To‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotasini OTMlar mustaqil belgilaydi. Bu haqda "Xalq so‘zi" xabar berdi.

O‘zbekiston Prezidentining qaroriga muvofiq, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralari bilan birgalikda 2020 yil 1 dekabrga qadar:

•    oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarida faqat davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarini belgilash;

•    to‘lov-kontrakt asosidagi qabul ko‘rsatkichlarini oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil belgilash. Bunda, to‘lov-kontrakt asosidagi qabul ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan miqdordan kam bo‘lmasligi lozim;

Реклама на Unews

•    iqtidorli talabalarni nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida ham davlat granti asosida o‘qitish;

•    alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim sohalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birgalikda majburiy uchta – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha test sinovlari topshirish tartibini joriy qilish bo‘yicha Hukumatga asoslantirilgan takliflarni kiritadi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


6 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 18-10-2020 Shokolodka

    Manimcha sal odamgarchilik qib kontrakt to‘lovlarini kamaytirish lozim.Yana bilmadim. Bu mani fikrim

    Javob yozish
  2. 18-10-2020 Shokolodka

    Kam ta'minlangan oilalarga sal bosayam imkoniyat yaratish va kontrakt narxlarini hech bo‘maganda yarm miqdorda qib berish kere

    Javob yozish
  3. 18-10-2020 Shokolodka

    Manimcha sal odamgarchilik qib kontrakt to‘lovlarini kamaytirish lozim.Yana bilmadim. Bu mani fikrim

    Javob yozish
  4. 18-10-2020 Sardorbek

    Ijodiy va majburiy fanlardan imtihon topshirish rostan ham mantiqa tuĝri kelmaydi. Martning 16 sanasidan karantin bulgan bulsa, oktabrning òrtalaridan karantin yumshadi kurslar ish boshladi. Karantin ici kursga borgani imkon bulmadi. Online darslarni sifati qay darajada bulganini hammamiz kurdik. Òqishimiz online buladimi yana yoqmi buni bilmaymiz. Shunday ekan 5 ta fandan imtihon bulishi bu nohaqlik

    Javob yozish
  5. 17-10-2020 Бахтиёр

    Умуман Ички ишлар тизимида ишлаб, ОТМ га ўқишга кириб, олий маьлумот олиш учун урунганлар хақидахам бир ўйлаб кўрилар, карантин сабаб вақт тополмай тайёрлов курсларига боролмаса, кунига ишда. уларниҳам кириши учун шарт шароит яратиб берилар илтимос.

    Javob yozish
  6. 17-10-2020 Abdusamad Tojiboyev

    Agar ijodiy imtihonlarga qo'shib majburiy 3ta fandan imtihon bo'ladigan bo'lsa ijodiy imtihondan zo'r o'tsayu testdan o'taolmasa va boshqalar testdan yuqori bal olib kirib keturadimi sal mantiqqa to'g'ri kemidiyu bunaqa qaror . O'sha kasb bo'yicha iqtidorli odam testdan yeqilib keturadimi????

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish