Endi bolalar boshqa qoidalar bo'yicha maktabga qabul qilinadi...

2020-yilning sentabr oyida imzolangan yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga asosan, bola 7 yoshga to‘ladigan yilda 1-sinfga qabul qilinadi. Bu haqda 3-dekabr kuni Xalq ta’limi vazirligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ta’kidlandi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov.

Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayevning aytishicha, mazkur yangi tartib ota-onalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi tushunmovchiliklarga barham beradi.

Shu paytgacha bolani necha yoshdan maktabga berish masalasini ota-onalar har xil talqin qilishadi. Normativ hujjatlarda 6-7 yosh, deyilgan. Boshqa tartibda esa psixolog xulosasiga ko‘ra, bola maktabga tayyor bo‘lsa, muddatidan avval qabul qilinishi mumkin, degan talqinlar ham bo‘lgan va bu ko‘plab e’tirozlarni keltirib chiqargan.

Реклама на Unews

Bu vaziyatdan kimdir o‘z manfaati yo‘lida foydalanishi ham mumkin. Shu sababli va xalqaro tajribadan kelib chiqib, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov majburiy ravishda qonunga kiritilganini ham inobatga olgan holda 2020-yilning 23-sentabridan kuchga kirgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda kelasi o‘quv yilidan boshlab bola 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilish belgilangan.

Masalan, 2021-yilning 31-dekabriga qadar 7 yoshga to‘ladigan bola keyingi o‘quv yilidan maktabga qabul qilinadi. Qonunchilikdagi bu yangi tartibdan ota-onalar, albatta, xabardor bo‘lishi zarur. Bu esa ota-onalar va pedagoglar o‘rtasidagi o‘zaro tushunmovchiliklarga barham beradi.

Usmon Sharifxo‘jayev, Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari 

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring