Endi ayrim OTMlarga o`qishga kirishda chet tili fanidan ijodiy imtihon o`tkaziladi

“Xorijiy tillarni o`rganishni takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda. 

Qarorga ko`ra,Xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirish agentligining byudjetdan tashqari jamg`armasiga bir martalik 15 mlrd so`m miqdorida mablag` ajratiladi.

2022 yil 1 martdan chet tili fani o`qituvchilarining tinglab tushunish, o`qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini rivojlantirishga hamda sertifikatga ega bo`lishga yo`naltirilgan o`quv kurslari tashkil etiladi.

Реклама на Unews

2022/2023 o`quv yilidan maktablar uchun zamonaviy til o`rgatish metodikalari asosida ishlab chiqilgan chet tili darsliklari chop etiladi.

Shuningdek, 2022/2023 o`quv yili qabulidan xorijiy tillar bo`yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan bir qator OTMlarga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o`qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o`tkazish yo`lga qo`yiladi. Jumladan:

fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan quyidagi OTMlarning bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga:

Реклама на Unews

  • O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
  • Samarqand davlat chet tillar instituti;
  • Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.

quyidagi OTMlarning xorijiy tillar bo`yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga:

  • Toshkent davlat pedagogika universiteti;
  • Qo`qon davlat pedagogika instituti;
  • Nukus davlat pedagogika instituti.

Chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi.

2024/2025 o`quv yilidan OTMga kirish imtihonlari uchun belgilangan majburiy fanlar majmuasiga chet tili fani bosqichma-bosqich kiritiladi.

2022 yil 1 sentyabrdan maktabgacha, umumiy o`rta, o`rta maxsus va professional, shuningdek, maktabdan tashqari ta`lim tashkilotlari chet tili fani o`qituvchilarining attestasiyasi jarayonio`quv fani bo`yicha malaka sinovlari Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

2022 yil 1 fevraldan 2024 yil 1 yanvargacha Toshkent va Samarqand shaharlarida faoliyat yuritadigan nodavlat ta`lim tashkilotlari:

  • bino va inshootlar ijara to`lovi xarajatlarining 50 foizigacha qismini qoplab berish tartibi joriy etiladi;
  • vazirlik va idoralar tizimidagi kollej va texnikumlarda faoliyatini amalga oshirganida ijara to`lovidan ozod etiladi (saqlash va kommunal to`lovlar bo`yicha xarajatlar bundan mustasno).

2022 yil 1 fevraldan S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani o`qituvchilariga sertifikat olingan kundan boshlab 2 yil davomida ustama to`lanadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring