“El klasiko”da irqiy kamsitilgan Vinisius ishi prokuraturaga oshirildi

Madridning “Real” klubi futbolchisi Vinisius Junior Ispaniya chempionati doirasida o‘tgan “Barselona”ga (2:1) qarshi o‘yinda muxlislar tomonidan irqiy kamsitishga uchradi. Bu haqda La liga vakillari bayonotida xabar berildi.

Qayd etilishicha, tashkilot barcha kerakli ma’lumotlarni Barselona shahri prokuraturasiga topshirmoqchi.

“Mahalliy muxlislar Vinisiusni haqorat qildi. La liga ushbu holat haqida Barselona prokuraturasiga xabar berdi. Biz bunday xatti-harakatlarga qarshi kurashamiz va insoniy qadriyatlarni targ‘ib qilamiz”, deyiladi bayonotda.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, Vinisius Junior Ispaniya chempionatida o‘nta o‘yin o‘tkazib, beshta gol urgan va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, La liga turnir jadvalida “Real” 21 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. “Barselona” esa 15 ochko jamg‘argan holda 9-o‘rinda bormoqda.
 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring