Dunyoning etakchi klinikasida ishlagan o`zbek shifokori Jizzaxga qaytdi

Rossiyada shifkor bo`lib ishlayotgan o`zbek yigiti Jizzaxga qaytib ishlashga qaror qildi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Farudun To`raev —  mahoratli anesteziolog-reanimatologlardan biri. Hozir 29 yoshda. Sirdaryo viloyatining Yangier shahridan. Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagan.

2019-2021 yillarda Rossiyaning Bakulev nomidagi yurak-qon tomir kasalliklari jarrohlik markazida kardioanesteziologiya va reanimasiya yo`nalishida ordinaturada o`qigan. Shundan so`ng mazkur markazda ishlab tajriba orttirgan.  

Реклама на Unews

— Rossiyadagi faoliyatim davomida yurak-qon tomir tizimidagi deyarli barcha operasiyalarda ishtirok etdim,  — deydi F. To`raev. — Qolaversa, kardioxirurgik amaliyotlarda anesteziya, ya`ni narkoz berishning o`ziga xos usullari, operasiyadan keyin bemorlarni reanimasiyada davolash, sun`iy yurak apparati bilan ishlashni o`rgandim.  

Ana shu davrda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filialida yangi ochilgan Kardioxirurgiya bo`limida ishlash taklifi tushdi. Aslida bu sohani tanlashim, qolaversa, xorijda bilim oshirishdan maqsadim xalqimiz salomatligiga ko`proq hissa qo`shish edi. Shuning uchun hech ikkilanmay, Vatanga qaytdim.

Farudun suhbat davomida O`zbekistonda kardioxirurgiya sohasidagi imkoniyatlar Rossiyadagidan kam emasligini, aksincha bu yo`nalish jadal rivojlanayotganidan to`lqinlanganini ta`kidlaydi.  

Реклама на Unews

— Kardioxirurgiya yuqori texnologik jarayon bo`lgani uchun avvaliga biroz hadik bor edi, — deya so`zida davom etadi shifokor. — O`zbekistonda bunga mos sharoit bormikan, deb o`ylaganim ham rost. Jizzaxdagi birinchi ish kunimdayoq fikrim mutlaqo o`zgardi. Bu erda yaratilgan sharoitlar, tibbiy texnologiya va jihozlar kutganimdan a`lo ekan.  

Filialda ish boshlaganimdan buyon o`tgan 6 oydan ziyod vaqt ichida to`qsondan ortiq operasiyada ishtirok etdim. Bu erda ustoz shifokorlar ko`magida tajribamni yanada oshiryapman. Kelgusida yurtimizda yurak-qon tomir xastaliklariga chalinish holatlari kamayishiga oz bo`lsa-da hissam qo`shilsa, o`zimni juda baxtiyor sezaman.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring