Dunyoda koronavirusdan o`lim ko`rsatkichlari so`nggi to`rt haftada 35 foizga oshdi - JSST

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lum qilishicha, Er yuzida so`nggi to`rt hafta davomida koronavirusdan vafot etganlar soni 35 foizga oshgan. Xususan, o`tgan haftaning o`zida 15 ming kishi mazkur kasallik oqibatida hayotdan ko`z yumdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda

 

“SOVID-19ning oldini olish va insonlar hayotini saqlab qolish uchun barcha imkoniyatlar mavjud sharoitda bu mutlaqo qabul qilib bo`lmaydigan ko`rsatkichdir, — deydi JSST rahbari T. Gebreyesus. — Hammamiz pandemiyadan charchadik. Ammo virus bizdan charchamadi”.

 
 

Tahlillarga ko`ra, hozir dunyoda “omikron”ning BA.5 subvarianti dominantga aylangan. U so`nggi bir oy ichida mavjud koronavirus versiyalarining qariyb 90 foizini tashkil etyapti.

Реклама на Unews

“Ko`pchilik bu virus bilan yashashni o`rganish vaqti keldi, deb aytadi. Biroq biz haftasiga 15 ming kishini yo`qotishga tomoshabin bo`lib tura olmaymiz. Infeksiya tufayli shifoxonada davolanish va o`lim holatlari ko`payib borayotgan ekan, vaksinalar imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanishimiz kerak”, — deb qo`shimcha qildi T. Gebreyesus.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring