Dunyoda COVID-19 kasalligi qayd etilishi va undan o`lim ko`rsatkichlari pastladi

Kecha, 19 yanvar kuni dunyoda COVID-19 kasalligi qayd etilishi va undan o`lim ko`rsatkichlari nisbatan past bo`ldi deya xabar bermoqda JSST ma`lumotlariga tayanib Sog`liqni saqlash vazirligi.

Dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 94 million 124 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 034 mingdan ziyod kishi vafot etgan (20.01.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 18:44 holatiga ko`ra).  Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 312 202 yangi holati aniqlandi, 8 316 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (20.01.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 10:21 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 96 million 158 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 056 mingdan ortig`i vafot etgan.

Реклама на Unews

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 23,556 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (10,581 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (8,488 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (3,612 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Buyuk Britaniya (3,433 milliondan ortiq).

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring