Dunyo musulmonlari Ramazonni qanday o‘tkazmoqda? (foto)

Muborak Ramazon oyi bu yil ham kuchli karantin sharoitida o‘tmoqda. Millionlab mo‘minlar talpingan mo‘’tabar maskanlar – Makkadagi Masjid ul-Harom hamda Madinadagi Masjid un-Nabaviyda qat’iy nazorat o‘rnatilgan. Ikki muqaddas masjidga faqat koronavirus vaksinasi bilan emlangan saodatli kishilargina ibodat uchun qo‘yiladi.

Koronavirus vabosi sabab ketma-ket ikkinchi marta dunyoning aksar mamlakatlari musulmonlari taroveh namozini uyda o‘qishga majbur bo‘lmoqda.

Mushkul holatga qaramay, vabo Allohning sinovi ekani va bir kun albatta ortga chekinishiga ishonchi komil musulmonlar Ramazonni ayricha ixlos ila o‘tkazmoqda. Quyida sayyoramiz bo‘ylab Ramazon shukuhini aks ettiruvchi fotosuratlar bilan tanishishingiz mumkin.    

Реклама на Unews

Ramazon kunlari fonuslarning bozori chaqqon bo‘ladi. Qohira bozori, Misr. Foto: AFP

Islom olamining urib turgan yuragi – Ka’batulloh tegrasida mo‘minlar ijtimoiy masofani saqlagan holda ibodat qilmoqda. Makkai mukarrama, Saudiya Arabistoni. Foto: AP

Osmanagich masjidida ayollar taroveh namozi o‘qimoqda. Podgoritsa shahri, Chernogoriya. Foto: AFP

Реклама на Unews

Toshkentdagi Hazrati imom masjidi. Bu yil O‘zbekistondagi 1370 dan ziyod masjidda xatmi Qur’on o‘tkazilmoqda. Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, taroveh namozlari hovli va ochiq sahnlarda ado etilmoqda. Foto: “UzA”

Bag‘dodlik baqqol Ramazon oyida savdosi barakali bo‘lishidan umidvor. Iroq. Foto: “AFP”

Ramazon oyida o‘zbekistonlik qorilarning chet mamlakatlarga safari an’anaga aylandi. Ukraina musulmonlari idorasining taklifiga ko‘ra Farrux qori Xudoyberdiyev Kiyevda taroveh namozini o‘qib bermoqda. Foto: “O‘zbekiston musulmonlari idorasi”

Mustafo posho masjidida qori yolg‘iz holda Qur’oni karimni tilovat qilmoqda. Skope, Shimoliy Makedoniya. Foto: “AA”

O‘zbekistonlik imom-xatiblar tashabbusi bilan Ramazonning ilk haftasida ehtiyojmand oilalarga qariyb 2 milliard so‘mlik xayriya qilindi. Foto: “O‘zbekiston musulmonlari idorasi”

Chikago masjididan chiqayotgan keksa musulmon ehson qutisiga xayriya mablag‘i tashlamoqda. AQSh. Foto: “AP”

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring