Yangi ma'lumotlar... Dunyo gigantlari dollardan voz kechmoqda! Dollar qulaydimi?

Dunyo Ommaviy Axborot vositalari "Rossiya, Xitoy, Eron, Saudiya Arabistoni dollardan voz kechyapti, Xitoy va Braziliya oʻzaro milliy valyutalarida savdo qilishga kelishib oldi" deya bong urmoqda.

Bugun Xitoy va Braziliya o'zaro hisob kitoblarda milliy pul birligidan foydalanish va dollardan voz kechishbhaqida bitimga imzo chekishdi. Bu haqida Fox Business xabar bermoqda. Braziliya 2009 yildan boshlab Xitoyning yirik savdo sherigi hisoblanadi va o'zaro savdolar 2022 yilda rekord daraja - 150.5 mlrd dollarga ko'tarilgan.

Bu omilga sabab qilib Yaqinda Rossiya va Hindiston òrtasida amalga oshirilgan neft bo'yicha kelishuv ham katta tasir qiladi, sababi bu kelishuvda ham amaliyotlatlarda dollardan voz kechilmoqda. 

Реклама на Unews

Bir qator Amerikalik yirik biznes vakillari xam AQSh tashqi siyosati juda kuchsizlanayotganini, buning ortidan esa dollar o'z gigimonlik tasiri yo'qotayotganini takidlamoqda. Jumladan Amerikalik biznesmen va milliarder Ilon Mask AQSH tashqi siyosati tanazzulga yuz tutganini aytdi. U Fox News telekanalining xalqaro hisob-kitoblarda dollar rolining pasayishi haqidagi gaplariga shunday izoh berdi, deb yozadi “TASS”. Uning aytgan gaplari Xitoy faol tashqi siyosati orqali turli davlatlar, jumladan, Eron va Saudiya Arabistoni kabi yirik neft ishlab chiqaruvchilar bilan savdo aloqalarini mustahkamlayotgani haqida edi. Shuningdek, Pekin ushbu davlatlar bilan hisob-kitoblarda dollar oʻrniga milliy valyutalarga oʻtayotgani qayd etildi. "Amerika tashqi siyosati bronza darajasidan pastga tushdi", - deydi tadbirkor.

Bu nimani anglatadi? Dollar qulaydimi? Buni albatta vaqt ko'rsatadi va shunday bo'lganda ham bunga xali ancha vaqt bor. Kuzatamiz...

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring