Dunyo aholisining yarmi 2021 yilni umid bilan kutmoqda

Dunyo aholisining deyarli yarmi, ya’ni, 43 foizi kelayotgan 2021 yildan umid qilmoqda. Bu haqda "Gallup International" mustaqil tadqiqot agentliklari assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga asoslanib xabar berilgan, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Tadqiqot 41 ta mamlakat o‘rtasida o‘tkazilgan. 

Natijalarga ko‘ra, aholisi eng optimist davlatlar Nigeriya, Indoneziya va Ozarbayjon bo‘lgan. Buyuk Britaniya, AQSH, Finlyandiya, Qirg‘iziston va Hindiston mamlakatlari aholisi ham optimist kayfiyatda Yangi yilni qarshilamoqda.

Реклама на Unews

Italiya, Gonkong va Bolgariya, Polsha, Chexiya, Tailand, Serbiya, Janubiy Koreya, Turkiya va Rossiya mamlakatlari aholisida esa pessimist kayfiyat qayd etilgan.

"Gallup International" mustaqil tadqiqot agentliklari xalqaro assotsiatsiyasi har yili yil yakunlari bo‘yicha global so‘rovnoma doirasida kelgusi yil uchun taxminlarni so‘raydi. Joriy yilning noyabr-dekabr oylarida o‘tkazilgan so‘rovnomada 41 ta mamlakatdan 38 mingdan ortiq odam ishtirok etgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring