DTM binosida “svet” o‘chgan. Onlayn qabulda muammolar bo‘lishi mumkin

Toshkent shahar Yunusobod tumanining ayrim hududlarida, jumladan Davlat test markazi joylashgan hududda elektr energiyasi yo‘qligi sababli my.dtm.uz saytida uzilishlar bo‘lishi mumkin. Bu haqda DTM ogohlantirish bermoqda.

“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Bugun, 10 iyul 18:00 holatiga ko‘ra, jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 206 332 nafarni tashkil etmoqda.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, elektr toki ta’minotida uzilishlar bo‘lishi so‘nggi kunlarda poytaxt Toshkent uchun ham oddiy hol bo‘lib qolmoqda. Xususan, joriy yilning 7 iyul kuni Toshkent metropolitenidagi bekatlarda elektr energiyasi uzilib qoldi.

Poytaxt hududida soatlab elektr energiyasi uzilib qolishi jamoatchilikning noroziligi va muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring