Dollar qatorasiga uchinchi hafta o‘smoqda

Markaziy bank 20 oktabrdan kuchga kiradigan valyuta kurslarini belgiladi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 7,28 so‘mga o‘sdi va 10 371,76 so‘mni tashkil qilmoqda. Yevro kursi 101,33 so‘mga pasayib, 12 153,63 so‘mni tashkil qildi. Rossiya rubli 1,84 so‘mga tushdi va 133,19 so‘mni tashkil qildi, deydi regulyator, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

O‘tgan hafta O‘zbekiston valyuta birjasi auksionlarida AQSh dollarining narxi 10 359 so‘mdan 10 381 so‘mgacha o‘zgargan. Yevroning narxi 12 262 dan 12 335 so‘mgacha.

Hozirda respublikaning tijorat banklari dollarlarni bankomatlar va kassalar orqali 10200 dan 10380 so‘mgacha sotib oladi va 10390 so‘mdan sotmoqda. Banklar tomonidan yevroni sotib olish kursi 10 100 dan 12 100 so‘mgacha, sotish narxi esa 12 300 dan 13 100 so‘mgacha. Rossiya rubli 135 so‘mdan 160 so‘mgacha, 105 dan 130 so‘mgacha sotib olinadi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

 
 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring