Diqqat! Super-kontraktlar uchun qo‘shimcha tanlov huquqi beriladi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining bayoni qaroriga muvofiq yoshlar o‘qishi uchun qulay imkoniyat yaratish maqsadida, istisno tariqasida qo‘shimcha tanlov huquqi berildi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Unga ko‘ra, abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda o‘z xohishi bilan birinchi tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.

Xushnudbek Xudoyberdiyevning bildirishicha, o‘tgan yillari abituriyentlarda bunday imkoniyat bo‘lmagan. Ular qaysidir yo‘nalishga o‘qishga kirdimi, boshqa yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olishmagan. Bu yil esa istisno tariqasida BIRINCHI yo‘nalishda o‘qishga ruxsat berildi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas.

Реклама на Unews

Shuningdek, tanlagan beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha super-kontrakt narxlari ham e’lon qilingandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring