Diqqat! FVV fuqarolarga jiddiy murojaat bilan chiqdi

Havo haroratining pasayib, kunlar sovishi natijasida elektr, gaz yoki boshqa yoqilg`ida ishlaydigan isitish moslamalaridan foydalanishga ehtiyoj ortadi. Ulardan foydalanishda e`tiborsizlik tufayli yoki nosoz, nostandart isitish moslamalarini ishlatish natijasida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va yong`inlar sodir bo`lishi mumkin. Shu bois, O`zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarga jiddiy murojaat bilan chiqdi.

"Mamlakatimizda mavsum davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish lozimligi munosabati bilan Sizlardan qish mavsumida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan yong`in, gaz va havo aralashmasining chaqnashi hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida, quyidagilarga rioya qilishingizni so`rab qolamiz",-deya ogohlantirilmoqda. 

Quyida yong`indan saqlanish uchun rioya etilishi kerak bo`lgan ayrim qoidalar bilan tanishing:

Реклама на Unews

- tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;

- elektr xo`jaligida ortiqcha yuklanish va elektr simlarning qisqa tutashuvidan sodir bo`lishi mumkin bo`lgan yong`inlarning oldini olish lozimligi sababli sifat sertifikatiga ega bo`lgan himoya saqlagichlaridan (avtomatlardan) foydalaning;

- isitish mavsumi boshlanishidan avval, isitish pechlari va ular dudburonlarining sozligi, quvurlarning har xil mahsulotlar bilan berkilib qolmaganligini ko`zdan kechiring va dudburon orqali havo tortish kuchiga alohida ahamiyat qarating;

Реклама на Unews

- isitish pechlarining dudburonlarini tozalash, sozlash va ularning qoida talablari asosida o`rnatilishi bo`yicha xizmat ko`rsatuvchi maxsus tashkilotlarga murojaat qilish va ular tomonidan lozim darajada xizmat turlarining bajarilishiga erishing;

- nosoz, qo`lbola isitish moslamalaridan foydalanmang, standart talablariga javob beradigan isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning yo`riqnomasidan foydalaning;

- isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;

- gaz va elektr isitish moslamalarini nazorat qilishni yosh bolalarga topshirmang;

- gaz ta`minoti idoralari mutaxassislarini jalb etgan holda gaz jihozlarini taftishdan o`tkazib, ularga texnik xizmat ko`rsatilishini tashkil eting;

- gaz uskunalarini ulash bo`yicha tartib-qoidalarga rioya qiling;

- yonuvchi materiallarni gaz plitalari ustida quritmang;

- gaz isitish moslamalaridan xavfsizlik avtomatikalari (gazning o`chib, qayta kelishini nazorat qiluvchi moslama) orqali foydalaning va ularning doimiy sozligiga e`tibor bering.

Shuningdek, agar xonada gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan foydalanmang, darhol xonani shamollatish chorasini ko`rishingiz so`raladi. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring