Dipika Padukone 52 million obunachisi bor Instagram sahifasidagi hamma suratlarni o‘chirib tashladi

Hind aktrisasi Dipika Padukonening Instagram sahifasini nafaqat hindistonliklar, balki butun dunyodan muxlislar kuzatib boradi. Bir necha yil ichida aktrisaning obunachilari 52,6 millionga yetgan. To‘y marosimidagi fantastik suratlar muxlislar e’tiborini jalb qilmay qolmagan, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Ammo aktrisa hammasini yangidan boshlashga qaror qilgan va 2021 yilning 1 yanvar kuni sahifasida, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini bayram bilan tabriklab, minnatdorchiligini bildirgan hamda baxtli onlari muhrlangan suratlarni o‘chirib tashlagan.

Aftidan bu orqali aktrisa hayot hech qachon avvalgidek bo‘lmasligi, tushkunlikka tushmasdan yangi hayot hikoyasini yozish kerakligiga ishora qilgan.

Shundan keyin Instagram sahifasiga Yangi yilda qanday obrazda bo‘lganini ko‘rsatish maqsadida joylagan postiga aktrisa yaqinlari va oila a’zolarining kuzatishi hamda xushomadlariga ko‘ra, professional yutuqlarni qo‘lga kiritganiga qaramay, shaxs sifatida o‘zgarmagani va bu borada ularning roli naqadar beqiyos ekanligi haqida ularning o‘zlari oz-moz bilishi, oilasi va do‘stlari bilan vaqtini uzluksiz chog‘ o‘tkazish g‘oyat muhim ekanligini yozib qoldirgan.

Shuningdek, izohda, vaqtini bunday o‘tkazish uni o‘zidan ketib qolmasligi, qayerdan kelgani va hozirda erishgan marralariga yetib kelishi uchun nimalar kerak bo‘lganini eslatib turishini qo‘shimcha qilib, boshqalarga ham tanaffus qilishni tavsiya qilgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring