Diniy ta`lim muassasalariga qabul vaqti va hujjatlar ro`yxati ma`lum bo`ldi

O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, O`zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o`rta maxsus diniy ta`lim muassasalariga 2022-2023 o`quv yili uchun abiturientlarning hujjatlar offlayn shaklda ta`lim muassasasi qabul hay`ati tomonidan qabul qilinadi.

 

Unga ko`ra, o`rta maxsus islom ta`lim muassasalarida:

 

2022 yil 20 iyundan 10 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha).

Реклама на Unews

Talab qilinadigan hujjatlar:

– ta`lim muassasasi rahbari nomiga ariza;

– pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko`rsatiladi);

Реклама на Unews

– ma`lumoti to`g`risida attestat yoki diplom (asl nusxasi);

 

– 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (oxirgi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo`lishi kerak);

– chet tili bilishi to`g`risidagi sertifikat (ma`lumoti to`g`risidagi hujjatda ko`rsatilgan chet tilidan boshqa xorijiy til bo`yicha test topshiruvchilar uchun) asl nusxasi.

Oliy diniy ta`lim muassasalarida:

Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasi bo`yicha:

2022 yil 20 iyundan 20 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha).

Hadis ilmi maktabida:

2022 yil 20 iyundan 10 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha).

Talab qilinadigan hujjatlar:

– ta`lim muassasasi rektori nomiga ariza;

– pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko`rsatiladi);

– o`rta maxsus islom ta`lim muassasasini tamomlagani to`g`risidagi hujjat (diplom) asl nusxasi;

– 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so`nggi uch oyda olingan hamda orqa foni oq rangda bo`lishi talab etiladi);

– “Yagona olimpiada” tanlovi diplomi (tanlovda 1-, 2- va 3-o`rinni egallagan ishtirokchilar uchun).

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring