Deputatlikka saylangan Shoxruh reper chilonzorliklarni qiynab kelayotgan muammoni hal qildi

Tuman deputatligiga saylangan reper Shoxruh Chilonzorda yashaydigan aholini qiynab kelayotgan muammoni hal qildi. Bu haqda deputat instagramdagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozmoqda "everyday.uz" nashri.

Reperning aytishicha, Xalq deputatlari Chilonzor tuman kengashining 29 maydagi qarori chiqqan bo‘lsada tumandagi Labixovuz ko‘chasidagi yo‘l ta’mirlanmagan. Shoxruh deputatlik so‘rovini yuborgandan so‘ng ushbu muammo hal etilgan.

Shoxruh ikki marta so‘rov yuborganini ma’lum qildi. Faqatgina ikkinchi so‘rovdan so‘nggina ushbu muammo hal etilgani ma’lum qilindi. Eslatib o‘tamiz, Shoxruh O‘zLiDeP partiyasidan deputatlikka saylangan edi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring