Dehqon va fermerlarga 413 milliard soʻm kredit ajratiladi

Shavkat Mirziyoyev “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi, deb yozmoqda "Sputnik.uz" nashri.

  Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.

Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi 413 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlar tijorat banklari orqali kredit mablagʻlari ajratishga yoʻnaltiriladi.

Реклама на Unews

Jamgʻarma “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda AT ”Xalq banki” bilan birgalikda Jamgʻarma tomonidan avval ajratilgan kredit mablagʻlarining soʻndirilgan qismi hisobidan yangi loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit mablagʻ ajratiladi.

Oʻzbekiston Davlat byudjetini qoʻllab-quvvatlashga jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz mablagʻlari hisobidan 200 milliard soʻm miqdorida mablagʻ ajratiladi.

Limonchilik yoʻnalishidagi loyihalar uchun kamida 50 milliard soʻm “Turonbank” ATB orqali yoʻnaltiriladi.

Реклама на Unews

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring