Da`vatlarga berilmang va ehtiyotkor bo`ling — O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi

O`zbekiston Respublikasining Rossiya Federasiyasidagi elchixonasi vatandoshlarni yana bir bor xorijiy davlatlar hududida jinoiy javobgarlik belgilangan harbiy harakatlarda ishtirok etishdan ogohlantiradi.

 

Elchixonaning ma`lum qilishicha, O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi to`g`risidagi qonunga muvofiq, O`zbekiston Respublikasining fuqarosi bo`lgan shaxs xorijiy davlatning fuqaroligiga tegishli deb e`tirof etilmaydi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e`lon qilingan kundan boshlab O`zbekiston Respublikasining fuqaroligi bekor qilinadi.

Shu munosabat bilan, diplomatik vakolatxona O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasiga ko`ra  "yollanish" - xorijiy davlat hududidagi qurolli to`qnashuvlarda yoki harbiy harakatlarda qonunga xilof ravishda qatnashish jinoyat hisoblanishi, ushbu harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlik o`n yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutishini eslatib o`tadi. 

Реклама на Unews

Elchixona O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddasida nazarda tutilgan qonunga xilof harakatlarni sodir etganligi to`g`risida xolis ma`lumotlar mavjud bo`lgan barcha shaxslar istisnosiz jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini ogohlantiradi. Elchixona yurtdoshlarimizni da`vatlarga berilmaslik va ehtiyotkor bo`lishga chaqiradi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring