Covid-19: Latviyaga kirish uchun yangi qoidalar joriy etildi

 1-martdan boshlab barcha yo`lovchilar (12 yoshdan katta) uchun Latviyaga kirish tartibi keskin o`zgaradi. Bu haqda Uzbekistan Airways'ning Matbuot xizmati ma`lumot berdi.

1-martdan talab etilmaydi:

• Latviyaga kirish uchun sabab (ish, oilani birlashtirish, davolanish va h.k.);

Реклама на Unews

• covidpass.lv shaklini to`ldirish;

• 2022-yil 16-fevraldan o`zini-o`zi izolyasiya qilish bekor qilindi.

Latviyaga kirish uchun yo`lovchilar:

Реклама на Unews

• emlanganlik to`g`risidagi sertifikat yoki o`tkazilgan kasallik haqida guvohnoma taqdim etishlari kerak bo`ladi. Shu bilan birga, sertifikat Evropa Ittifoqi hududida tan olinishi kerak. Hozirda ushbu ro`yxatda 33 ta davlat (yoki hudud) mavjud: https://ec.europa.eu/info/live-work-travel-eu/coronavirus-response/safe-covid-19-vaccines-europeans/eu-digital-covid-certificate_en. Aks holda, Covid-19'ga topshirilgan testning – tezkor antigen testlari (amal qilish muddati 48 soat) yoki PSR-testini (amal qilish muddati 72 soat) salbiy natijasini taqdim etilishi kerak.

Hujjatlar ingliz tilida qog`oz yoki elektron shaklda (smartfonda) bo`lishi kerak.

Riga shahri aeroportiga etib kelgandan so`ng, har bir yo`lovchi ixtiyoriy ravishda davlat tomonidan to`lanadigan koronavirus testini topshirish imkoniyatiga ega.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring