Chinozdagi yong‘inni o‘chirishga 6 soatdan ko‘p vaqt sarflandi

Toshkent viloyatid  Chinoz tumanida joylashgan neft bazasida ta’mirlash ishlari vaqtida yirik yong‘in sodir bo‘lgani xabar qilingandi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Hodisa joyiga energetika vaziri Alisher Sultonov ham zudlik bilan yetib bordi.

FVV ushbu yong‘in bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Реклама на Unews

Qayd etilishicha, bugun soat 11:31 da Toshkent viloyati Chinoz tumanida joylashgan «Paxta neft saqlash» MChJ omborxonasi hududidagi 5 ming tonna sig‘imli yoqilg‘i rezervuarida yong‘in kelib chiqqan. Unda taxminan 120 tonna yengil alangalanuvchi suyuq yoqilg‘i bo‘lgan. Mazkur holatni bartaraf etish uchun voqea joyiga FVVning 35 ta maxsus texnikasi hamda 130 nafar xodimlari jalb etilgan.

Yong‘in soat 14:19da o‘rab olinib, 18:15da to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar, Energetika  vazirligi rahbariyati, shuningdek, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi hamda prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch va vositalari jalb etilgan. Ayni vaqtda, voqeaning kelib chiqish sababi bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring