Chinozdagi «Paxta neft bazasi»da sodir bo‘lgan yong‘in tafsilotlari e’lon qilindi! U atayin qilinganmidi?

Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi «Paxta neft bazasi»da 5 ming tonna sig‘imli yonilg‘i sisternasi yonib ketgani haqida xabar qilingandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa joyiga energetika vaziri Alisher Sultonov ham yetib borgan. Shundan so‘ng Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ushbu yong‘in bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 26 noyabr kuni soat 11:31 da Toshkent viloyati Chinoz tumanida joylashgan «Paxta neft saqlash» MChJ omborxonasi hududidagi 5 ming tonna sig‘imli yoqilg‘i rezervuarida yong‘in kelib chiqqan. Unda taxminan 120 tonna yengil alangalanuvchi suyuq yoqilg‘i bo‘lgan. Mazkur holatni bartaraf etish uchun voqea joyiga FVV ning 35 ta maxsus texnikasi hamda 130 nafar xodimlari jalb etilgan. Yong‘in soat 14:19da o‘rab olinib, 18:15da to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar, Energetika vazirligi rahbariyati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch va vositalari jalb etilgan. Ayni vaqtda, voqeaning kelib chiqish sababi bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

«Maxsus nasoslar orqali surib olish ishlari bajarilayotganda chiqqan uchqun ushbu yong‘inga sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda va asl sabablar o‘rganilmoqda. Ta’kidlash kerakki, ayni daqiqalarda yong‘in bartaraf etildi. Ushbu yong‘inni bartaraf etish uchun Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari safarbar qilingan. Ushbu yong‘in natijasida jarohatlangan yoki jabrlanganlar yo‘q», — deyiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Avvalroq Samarqand shahridagi konserva zavodi ombori yonib ketgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Toshkentda yirik kiyim-kechak do‘koni yonib ketgani xabar qilingan. Keyinchalik Sergelida «Isuzu» va «Matiz» to‘qnashib, ikkisi ham yonib ketgani hamda Jizzaxda yuk avtomashinasi yongani xabar qilingan edi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring