Chilonzordagi “Shovotlandiya” kafesida yong‘in chiqdi — jabrlanganlar bor

27-fevral kuni erta tongda Toshkent shahridagi “Shovotlandiya” kafesida yong‘in chiqdi. Uning oqibatida jabrlanganlar bor. Voqea joyiga Toshkent shahar FVB, IIBB rahbariyati, prokuratura mas’ullari yetib borgan. Dastlabki tergovoldi surishtiruvi olib borilmoqda.

27-fevral soat 03:51 da Toshkent shahri Chilonzor tumani, “Sharq” MFY, Guliston ko‘chasi 9A-uy manzilida joylashgan “Shovotlandiya” MCHJ kafesida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga jalb etilgan 4 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalaridan birinchisi soat 03:54 da yetib borgan. Soat 04:37 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

“Yong‘in oqibatida kafening tom qismi hamda ichki jihozlari 150 kv.m. maydoni yonib jiddiy zararlangan. Achinarlisi yong‘in oqibatida jabrlanganlar mavjud”, — deyiladi xabarda.

Реклама на Unews

Voqea joyiga Toshkent shahar FVB, IIBB rahbariyati, prokuratura, Sog‘liqni saqlash va kommunal xizmatlar mutaxassislari, IIB tezkor-tergov guruhi hamda tegishli xizmatlarning kuch va vositalari jalb etilgan.

Ushbu holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruvi olib borilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring