Chet elda yashayotgan O`zbekiston fuqarolari ham bu yilgi prezidentlik saylovida qatnashadimi?

Amaldagi saylov qonunchiligiga ko`ra O`zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari tuziladi. Saylov uchastkalaridagi saylovchilarning ro`yxati diplomatik va boshqa vakolatxona boshliqlari tomonidan taqdim etilgan ma`lumotlar asosida tuziladi. Tuzilgan uchastka saylov komissiyalari chet davlatlarda turgan fuqarolarni saylovchilar ro`yxati bilan tanishish usuli, joyi va vaqti to`g`risida xabardor qiladi.

Chet davlatlarda turgan fuqarolar o`zlarini saylovchilar ro`yxatiga kiritish to`g`risida saylovdan 15 kun oldin yozma shaklda O`zbekistonning diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalariga yoki Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda murojaat qilishi mumkin.

O`zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida ovoz berish saylov kuni ushbu saylov uchastkalari joylashgan erdagi mahalliy vaqt bilan soat 8:00 dan 20:00 gacha o`tkaziladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring