Chet elda qiyin ahvolda qolgan muhojirlarni qo‘llab-quvvatlovchi jamg‘arma tuzildi

Xorijda qiyin ahvolda qolgan mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga ko‘ra, jamg‘arma mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hamda qonun bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi.

Jamg‘arma xorijda qiyin ahvolda qolgan mehnat migrantlariga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:

Реклама на Unews

▪️Xorijda mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilish;

▪️Vatanga qaytarish uchun avia yoki temir yo‘l chiptalari haqini to‘lash;

▪️Vafot etgan shaxs jasadini urf-odatlarga ko‘ra tayyorlashda 1000 dollargacha xizmat haqini va O‘zbekistonga olib kelish uchun chipta haqini to‘lash.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring