Chet el fuqarolarini ro`yxatga olish tartibi soddalashtirildi

Vazirlar Mahkamasining 28.09.2020 yildagi «O`zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni ro`yxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 593-son qarori qabul qilindi. Bu haqda norma yozmoqda. 

Qaror Prezidentning 22.04.2020 yildagi «Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo`yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PF-5984-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

Реклама на Unews

  • O`zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo`yicha ro`yxatga olish tartibi to`g`risidagi nizom (1);
  • Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni Qoraqalpog`iston Respublikasida va viloyatlarda doimiy yashash joyi bo`yicha ro`yxatga olish tartibi to`g`risidagi nizom (2);
  • Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo`yicha ro`yxatga olish tartibi to`g`risidagi nizom (3).

(1) Nizom boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni (keyingi o`rinlarda - FBSh) hamda O`zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-kartaga ega bo`lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni respublika hududida vaqtincha bo`lib turgan joyi bo`yicha ro`yxatga olish tartibini belgilaydi. Hujjatda ushbu toifadagi shaxslar uchun ichki ishlar organlarining migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`linmalari, joylashtirish vositalari yoki davolash muassasalarining elektron tizimlari orqali vaqtincha ro`yxatga olish tartib-taomillari belgilangan.

(2) Nizomda boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga O`zbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnoma berish hamda O`zbekistonda yashash guvohnomasi yoki ID-kartaga ega bo`lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni doimiy yashash joyi bo`yicha ro`yxatga olish tartibi belgilangan.

Shuningdek hujjat bilan quyidagilar belgilangan:

Реклама на Unews

  • Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda doimiy ro`yxatga olish tartibi;
  • boshqa joyga ko`chishni rasmiylashtirish tartibi;
  • chet davlatga chiqish tartibi;
  • yashash guvohnomasi va doimiy ro`yxatga olishni bekor qilish tartibi.

Nizomda quyidagilar qayd etildi:

  • boshqa davlatlardan viloyatga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga doimiy yashashga ruxsatnoma berish tartibi;
  • respublikaning boshqa hududlarida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni viloyatda doimiy ro`yxatga olish tartibi;
  • viloyat hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxsning doimiy yashashga ruxsatnomasi va doimiy ro`yxatini bekor qilish tartibi.

(3) Nizom bilan quyidagilar belgilandi:

  • boshqa davlatlardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga doimiy yashash uchun ruxsatnoma berish va doimiy ro`yxatga olish tartibi;
  • boshqa joyga ko`chishni, chet davlatga chiqishni rasmiylashtirish tartibi;
  • Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxsning doimiy yashashga ruxsatnomasi va doimiy ro`yxatini bekor qilish tartibi.

(2-3) nizomlar qonun hujjatlariga muvofiq sayyohlik va elektron viza bilan, 60 kungacha vizasiz kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga, shuningdek xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari xodimlariga va ularning oila a`zolariga tatbiq etilmaydi.

IIVga Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi bilan birgalikda 2021 yil 1 yanvargacha bo`lgan muddatda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni ro`yxatga olish tartibotlarini yanada soddalashtirish bo`yicha amaliy choralar doirasida ko`rsatilgan xizmatlar uchun davlat bojini billing tizimi orqali masofaviy to`lash imkoniyati yaratilishini ta`minlash topshirildi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasida e`lon qilingan va 29.09.2020 yildan kuchga kirdi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring