Byudjet xodimlariga 1 yanvardan moddiy rag`batlantirish puli to`lanadi

2021 yil 1 yanvardan boshlab, byudjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga moddiy rag`batlantirish maxsus jamg`armasi, OTMlarning moddiy rag`batlantirish jamg`armasi hamda direktor jamg`armasi mablag`lari hisobidan to`lovlar hisoblanishi davom etadi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

2020 yil davlat byudjeti barqarorligini ta`minlash va xarajatlarni maqbullashtirish bo`yicha hukumat qarori bilan 2021 yil 1 yanvarga qadar moddiy rag`batlantirish to`lovlarini hisoblash to`xtatilgandi. 

Tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalar, mehribonlik uylaridan hamda mehnatga haq to`lashning 1-3 razryadlari qo`llaniladigan xodimlar bundan mustasno bo`lgan.

Реклама на Unews

Manbaning bildirishicha, byudjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga moddiy rag`batlantirish maxsus jamg`armasi, OTMlarning moddiy rag`batlantirish jamg`armasi hamda direktor jamg`armasi mablag`lari hisobidan to`lovlar hisoblanishi to`xtatib turilishiga oid hukumat qaror loyihasi tayyorlanmagan. 

«To`lovlar hisoblanishi to`xtatilgandi, u dastlab oktyabr oyigacha, keyin yil so`ngiga qadar amal qildi. Ayni paytda muddatni yana uzaytirish bo`yicha biror harakat yo`q, Demak, hukumatning amaldagi qarori bo`yicha to`lovlar hisoblanishini to`xtatib turish 1 yanvardan keyin bekor qilinadi», — deydi manba. 

Ma`lumot uchun, byudjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarni moddiy rag`batlantirish Moliya vazirligining 1995 yilda qabul qilgan nizomi bilan tartibga solinadi. 

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring