Buyuk Britaniya birinchi bo`lib “omikron”ga qarshi yangi vaksinani tasdiqladi

Buyuk Britaniya dunyoda koronavirusning “omikron” shtammiga qarshi yaratilgan yangi vaksinani ma`qullagan birinchi mamlakat bo`ldi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Emlash vositasi AQShning “Moderna” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. U ikki valentli preparat bo`lib, dozaning yarmi koronavirusning asl shtammiga, qolgan yarmi esa “omikron”ning oldini olishga mo`ljallangan. 

Yangi vaksinadan kattalar uchun buster-doza sifatida foydalanish rejalashtirilyapti.

“Klinik sinovlar shuni ko`rsatdiki, yangi emlash vositasi “omikron”ning bir nechta variantiga nisbatan samara beradi. U avvalgi mavjud vaksinalarga qaraganda ko`proq immunitet hosil qilishga qodir”, — deydi “Moderna” vakili.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring