Bugundan poytaxtda YPX xodimlari yangi xizmat kiyimida faoliyat olib boradi (video)

2020 yil 29 dekabrdan poytaxtda YPX xodimlari sinov tariqasida yangi namunadagi zamonaviy, texnologik matodan tayyorlangan xizmat kiymida faoliyat olib borishadi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, hozircha ushbu kiyimlar faqat qish mavsumiga mo`ljallangan bo`lib, havoni o`tkazuvchan, ammo qor va yomg`ir o`tishidan himoyalavchi texnologik matodan tayyorlangan. Matoda mavjud bo`lgan nur qaytaruvchi chiziqlar, kunduzi va tungi vaqtlarda YPX xodilarining yo`l harakati ishtirokchilariga ko`rinuvchanligini oshirib, bu o`z navbatida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan turli ko`ngilsiz holatlarning oldini oladi. 

Shuningdek, YPX xodimlariga ishora berish uchun foydalaniladigan maxsus jezl tayoqchalar ham berildi. Bulardan ham endilikda bir nechta vazifalarda foydalanish mumkin. Unda maxsus fonar, hushtak chalish joyi va boshqa imkoniyatlar mujassamlashtirilgan.

Реклама на Unews

Ayni paytda ushbu maxsus kishimlar sinov tariqasida foydalanilmoqda, sinovdan muvaffaqiyatli o`tgan taqdirda respublika bo`ylab YPX xodimlariga etkazib beriladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring