Bugundan abituriyentlarga ruxsatnoma berish boshlandi

Bugun, 22 avgustdan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni shaxsiy kabinet (abitur.dtm.uz) laridan olishlari mumkin,  deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

“Abituriyentlardan ruxsatnomalarni avgust oyi yakuniga qadar yuklab olib, chop etib olishlarini so‘raymiz”, deyiladi Davlat test markazi xabarida.

Mazkur ruxsatnoma test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlarga beriladi.

Реклама на Unews

“Abituriyent ruxsatnomasi” test sinovlarisiz to‘liq kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘ladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga berilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test sinovlariga fuqarolik pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Fuqarolik pasporti bo‘lmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring