Bugun yurtimizda qanday ob-havo kuzatiladi?

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi bugungi ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi.

Bugun kunduz kuni O`zbekistonda kam bulutli ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 33-38° atrofida saqlanib turadi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 35-37° gacha isiydi.

Реклама на Unews

Tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 23-28° bo`ladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring