Bugun yurtimizda qanday ob-havo kutilyapti?

Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi deb xabar berdi O`zgidromet.

 Shimolda va cho`l hududlarida ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 33-38° bo`ladi.

Poytaxtimizda havo kam bulutli bo`ladi. Havo 36-38° gacha isiydi.

Реклама на Unews

Tog`li hududlarda havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-30° bo`ladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring