Bugun yog`ingarchilik kutilmaydi, 3 darajagacha iliq bo`ladi - “O`zgidromet”

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3° sovuq 2° iliq, ba`zi joylarda 5° sovuqgacha bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-2° sovuq bo`ladi.

Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda biroz qor yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq bo`ladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring