Bugun quruq va issiq havo bo`lishi kutilmoqda. Faqat ba`zi hududlarda...

Bugun kunduz kuni respublikaninig asosiy hududida quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog`istonda, Toshkent viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bo`lishi mumkin. Havo 34-39°, janubda va cho`l hududlarda 40-42°, shimolda 28-33° bo`ladi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Havo 37-39° gacha isiydi.

 

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24-29° bo`ladi.

Реклама на Unews

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring