Bugun O`zbekistonning ba`zi joylarida yomg`ir va qor yog`adi

"O`zgidromet" xabariga ko`ra, 22 yanvarda kunduz kuni respublika bo`yicha ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buhoro, Navoiy viloyatlarida  kunning birinchi yarmida ba`zi joylarda qor yog`adi. Farg`ona vodiysi viloyatlariga yog`ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida yog`ingarchilik (yomg`ir, qorga aylanishi mumkin), tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 12-15 m/s tezlikkacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-4° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, tuman tushadi. Ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° sovuq bo`ladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring