Bugun O`zbekistonga nam va salqin ob-xavo kirib kelishda davom etadi

Bugun, 7 fevral kunduz kuni O`zbekiston hududiga Volga boyi hududlaridan nam va salqin havo kirib kelishi davom etadi. "O`zgidromet" bu haqda xabardor qildi.

Ta`kidlanishicha, respublika bo`yicha ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 2-7° iliq bo`ladi.

Poytaxtda vaqti-vaqti bilan biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 4-6° iliq bo`ladi.

Реклама на Unews

Tog`li hududlarda ham vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq bo`ladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring