Bugun O`zbekistonda havo harorati ko`tariladi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha kam bulutli va issiq ob-havo kutilmoqda. Shamol ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 35-40° bo`ladi.

Poytaxtimizda havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 36-38° bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi.  Shamol ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 24-29° bo`ladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring