Bugun O`zbekistonda harorat 39 daraja issiq bo`ladi

«O`zgidromet» O`zbekiston bo`ylab 30 iyul kuni kuzatiladigan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.

 

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-25°, kunduzi 34-36° bo`ladi.

 
 

Qoraqalpog`iston, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 30-35° bo`ladi.

Реклама на Unews

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 31-36° bo`ladi.

Toshkent viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 32-37° bo`ladi.

Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 32-37° bo`ladi.

Реклама на Unews

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 34-39° bo`ladi.

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 31-36° bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, , ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 20-25° bo`ladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring