Bugun O`zbekiston juda quruq ob-havo ta`sirida bo`ladi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 28 mayda kunduz kuni O`zbekiston hududi juda iliq va quruq havo tasiri ostida bo`ladi. Respublika bo`yicha havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 34-39° gacha ko`tariladi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 36-38° gacha isiydi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 22-27° bo`ladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring