Bugun o`qituvchilar ikkita frontda kurash olib bormoqda — Prezident

Avval xabar qilganimizdek, bugun Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida 1 oktyabr – O`qituvchi va murabbiylar kuniga bag`ishlangan tantanali marosim bo'lib o'tdi.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirok etdi, ushbu bayram ilk bor davlat rahbari ishtirokida o`tyapti. 

 – Biz har birimiz hayotda qanday muvaffaqiyat va natijalarga erishgan bo`lsak, bu yutuqlarda sizlarning beqiyos hissangiz borligini doimo minnatdorlik bilan e`tirof etamiz, – dedi Shavkat Mirziyoev tadbirga yig`ilgan o`qituvchi va ziyolilarga murojaatini boshlar ekan.

Реклама на Unews

Haqiqatan ham, inson tarbiyasida, kamolotida ustozlarning xizmatlari ulug`. Bu yilgi pandemiya bilan bog`liq qiyin sharoitda ham jonkuyar o`qituvchilar o`z ishini davom ettirmoqda. Aksariyat maktablarda yangi o`quv yili boshlandi. “Onlayn maktab” loyihasi va masofaviy ta`lim yo`lga qo`yildi. Ta`bir joiz bo`lsa, bugun o`qituvchilar ikkita frontda kurash olib bormoqda. 

Yana bir e`tiborli jihati, bu yilgi tabrik ham avvalgilardan farq qilib, murojaat tarzida bo`lmoqda.

Prezident tarixga nazar solib, IX-XII asrlarda yurtimiz hududida birinchi, XV asrda ikkinchi Renessans porlaganini ta`kidladi.

Реклама на Unews

- Ko`pchilik ziyolilar qatorida men ham bir fikrni hamisha katta armon bilan o`ylayman: mamlakatimizda uchinchi Renessansni XX asrda ma`rifatparvar jadid bobolarimiz amalga oshirishlari mumkin edi. Ular “Ilmdan boshqa najot yo`q va bo`lishi ham mumkin emas”, degan hadisi sharifni hayotiy e`tiqod deb bildilar, - deya ta`kidladi Prezident.

 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring