BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Bugun kunduzi respublikaning ba`zi joylarida qor kuchli yog`ishi mumkin!

Sinoptiklarning ma`lum qilishicha, bugun kunduzi respublika bo`yicha sovuq fonda qor ko`rinishidagi yog`ingarchilik bo`ladi.

 

Faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3°sovuq-2° iliqgacha pasayadi, shimoliy hududlarda 0-5° sovuq bo`ladi.

Poytaxtimizda havo bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Shamol g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kun davomida 1-3° sovuq bo`ladi.

O`zbekistonning tog`li hududlarida qor yog`adi, ️ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. ️Qor ko`chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 2-7° sovuq

Afsonaviy josus Jorj Bleyk vafoti munosabati bilan Putin ham hamdardlik bildirdi! Rossiya OAVlarining 26 dekabr kuni bergan xabarlariga ko‘ra, Sovuq urush davrida Sovet Ittifoqi foydasiga josuslik qilib kelgan Jorj Bleyk 98 yoshida vafot etdi. O‘zi ham bir paytlar KGBning josusi bo‘lgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin shanba kuni Bleykning oilasi va do‘stlariga chuqur hamdardlik bildirdi. «Bu afsonaviy shaxsning xotirasi qalbimizda abadiy saqlanib qoladi» deb yozdi Putin o‘zining taziya xatida. Shuningdek, Rossiya rahbari o‘z xatida Bleykning «sayyoramizda strategik tenglikni ta’minlash va tinchlikni saqlashga beqiyos hissa qo‘shganini» alohida ta’kidlagan. Jorj Bleyk 1922 yil 11 noyabrda Gollandiyada dunyoga kelgan. U Gollandiyadagi german nasistlariga qarshi kurashgan muxolifatda kuryer bo‘lib ish boshlagan. Bleyk 1943 yilning yanvarida Britaniyaga qochib keladi. U shundan keyin britan armiyasiga kiradi va 1944 yilda Britaniyaning MI6 nomli maxfiy razvedka xizmatida ish boshlaydi. Urushdan keyin Bleyk Germaniyaning Gamburg shahrida qisqa muddat xizmat qildi. U Kembrij universitetida rus tilini o‘rganadi va 1948 yilda Seulga yuboriladi. U Seulda Kommunistik Shimoliy Koreya, Kommunistik Xitoy va Sovet Ittifoqining Uzoq Sharqi haqidagi ma’lumotlarni Britaniyaga yetkazib turgan. 1950 yilda Shimoliy Koreya qo‘shinlari Seulni egallab oldi va Bleyk asirga olinib, qamoqqa tashlandi. Bleyk Shimoliy Koreyadagi qamoqxonada bo‘lgan davrida Karl Marksning asarlarini o‘qigan va aynan shu davrda sodiq kommunistga aylangan. 1953 yilda ozod qilinganidan keyin Bleyk Britaniyaga qaytib keldi va 1955 yilda MI6 tomonidan Berlinga jo‘natildi. Shu davrdan boshlab Bkeyk ikki taraflama josusga aylandi, ya’ni u ham Britaniya, ham Sovet razvedkasiga ma’lumot berib boradi. U Berlinda Sovet josuslari to‘g‘risida ma’lumot to‘pladi, shuningdek, Buyuk Britaniya va AQSh operasiyalari to‘g‘risida Moskvaga sirli ma’lumotlarni yetkazdi. 1961 yilda Bleykning ikki tomonlama josuslik qilayotgani aniqlandi va u Angliyada 42 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Besh yil o‘tgach, u qamoqdan uchta sherigi yordamida qochib ketadi. Shundan so‘ng Bleyk Sharqiy Germaniyaga noqonuniy olib o‘tilgan va u yerdan Sovet Ittifoqiga qochib kelgan. Bleyk Moskvada qahramonlardek kutib olindi va Rossiya razvedka xizmati tomonidan polkovnik unvoniga sazovor ko‘rildi. Sovet Ittifoqi parchalangach Bleyk umrining oxirigacha Moskvada yashadi. Rossiyada Georgiy Ivanovich nomi bilan tanilgan Bleyk 2007 yilda Putin tomonidan medal bilan taqdirlangan. U Sovuq urush davrida Sovet Ittifoqiga xizmat qilgan britaniyalik so‘nggi josuslardan biri edi.

Fikr qoldiring