Bugun biroz yomg‘ir yog‘adi — O‘zgidromet

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Реклама на Unews

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 20-25° bo‘ladi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-22° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-17° bo‘ladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring