Bugun ba`zi viloyatlarda qor yog`adi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 27 noyabr kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon   qildi. Unga ko`ra,

TOShKENT ShAHRI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1° sovuq-1° iliq, kunduzi 7-9° iliq bo`ladi.

Реклама на Unews

QORAQALPOG`ISTON VA XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Реклама на Unews

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo`ladi.

TOShKENT, SIRDARYo, JIZZAX VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha, ba`zida esa 25-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.

SAMARQAND VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, kechga tomon ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha, ba`zida esa 25-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, kechga tomon ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha, ba`zida esa 25-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo`ladi.

SURXONDARYo VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha, ba`zida esa 25-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha, ba`zida esa 25-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 1-6° iliq bo`ladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring