Bugun ayrim hududlarda yomg`ir yog`adi

"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublikada iliq va asosan quruq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida beqaror ob-havo bo`lishi kutilmoqda, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) yog`adi. Kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 17-22° iliqgacha isiydi, respublikaning shimolida harorat 3-8° iliq atrofida bo`ladi.

Poytaxtimizda havo bulutli bo`ladi, ba`zida esa ochiq bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 19-21° iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring