Bugun “Afv” kinokartinasi premera qilinadi

Bugun, 28 yanvar, soat 17:00 da Kinochilar uyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Zilola cinema production” studiyasi tomonidan suratga olingan “Afv” badiiy filmi premera qilinadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi. 

Mazkur kinokartina real voqealarga asoslangan bo`lib, turli jinoyatlar bilan qamalgan hamda yurtboshimiz tomonidan afv etilgan shaxslarning hayoti va taqdiri haqida hikoya qiladi. 

Ssenariy muallifi Azamat Qorjovov, postanovkachi rejissyor Zilola Jo`raeva, operator Ilhom Hamidov, badiiy rahbar Said Muxtorov, prodyuserlar Munojot Xoshimova va Zilola Jo`raeva.

Реклама на Unews

Rollarda Matyoqub Matchonov, Begzod Muhammadkarimov, Seydulla Moldaxanov, Hamid Toshpo`latov, Zilola Jo`raeva, Tal`at Yo`ldoshev va boshqalar.

Premeraga kinoijodkorlar, OAV vakillari, mutaxassislar va yoshlar taklif etilgan. 

Ma`lumot uchun, Kinematografiya agentligi tomonidan oldinda rejissyor Rustam Sa`dievning “Baron 2”, Dilmurod Masaidovning “Ayol qismati”, Jamila Po`latovaning “Ayol qalbi” filmlarining katta premeralari bo`lib o`tadi. 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring