Britaniyada koronavirusning yana bir turi aniqlandi. U 10 ga yaqin mamlakatga tarqalgan

Edinburg universiteti tadqiqotchilari Buyuk Britaniyada koronavirusning yana bir turini topdi, u allaqachon 10 ga yaqin mamlakatga tarqalgan. Bu haqda "The Guardian" gazetasi yozmoqda, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Shotlandiyalik olimlarga ko‘ra, koronavirusning ushbu turi B1525 deb nomlanadi. 

Koronavirusning ushbu varianti Daniya, Nigeriya, AQSH, Gana, Fransiya, Avstraliya, Kanada va Ispaniyada ham aniqlangan. 

Реклама на Unews

Ma’lumot o‘rnida, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tashvish uyg‘otuvchi koronavirus turlari tarqalishda davom etayotgani haqida xabar bergan edi. 

Masalan, "britancha" shtamm 86 mamlakatda, "Janubiy Afrika" shtammi 44 mamlakatda va "brazilcha- yaponcha" shtamm 15 mamlakatda topilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring