Bozorlardagi narx-navo o`rganildi

Davlat statistika qo`mitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida o`tkazilgan kuzatuv natijalari bo`yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari o`rganildi.

 2021 yil 25 avgust holatiga ko`ra:

  •  Suyakli mol go`shti (1 kg) ➖ 45000 – 68000 so`m
  • Qo`y go`shti (1 kg) ➖ 52000 – 80000 so`m
  •  Kartoshka (1 kg) ➖ 1500 – 5000 so`m
  •  Piyoz (1 kg) ➖ 800 – 3000 so`m
  • Sabzi (1 kg) ➖ 2000 – 10000 so`m
  •  Tuxum (10 dona) ➖ 5000 – 14000 so`m
  •  Guruch (1 kg) ➖ 5000 – 18000 so`m
  •  O`simlik yog`i (1 l) ➖ 14000 – 24000 so`m
  •  Shakar (1 kg) ➖ 7500 – 9000 so`m

 

Реклама на Unews

Mol  go`shti 45 000 so`mdan 68 000 so`mgacha

1 kg suyakli mol go`shtining minimal narxi, Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da qayd etilgan (45 000 so`m). Mol go`shtining maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatilgan (68 000 so`m).

Qo`y go`shti 52 000 so`mdan 80 000 so`mgacha (kg)

Реклама на Unews

Qo`y go`shtining minimal narxi Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da (52 000 so`m) ro`yxatga olingan. Maksimal narxi esa, Chirchiq shahrining «Chirchiq dehqon bozori», Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (80 000 so`m) kuzatilgan.

Kartoshka 1 500 so`mdan 5 000 so`mgacha (kg)

Kartoshkaning minimal narxi Farg`ona shahrining «Markaziy dehqon bozori», qayd etilgan (1 500 so`m). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da, «Farhod dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (5 000 so`m) kuzatilgan.

Piyoz 800 so`mdan 3 000 so`mgacha (kg)

Piyoz mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori»da (800 so`m) ro`yxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da kuzatilgan (3 000 so`m).

Sabzi 2 000 so`mdan 10 000 so`mgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi  Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Toshkent shahrining  «Qo`yliq dehqon bozori»da (2 000 so`m) qayd etilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining«Eski jo`va dehqon bozori» da (10 000 so`m) kuzatilgan.

Tuxum 5 000 so`mdan 14 000 so`mgacha (10 dona)

Tuxum mahsulotining minimal narxi Toshkent shahrining  «Qo`yliq dehqon bozori»da da qayd etilgan (5 000 so`m). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Eski jo`va dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori»da kuzatilgan (14 000 so`m).

Guruch 5000 so`mdan 18 000 so`mgacha (kg)

Guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da ro`yxatga olingan («Nukus 2» navli guruch 5000 so`m). Maksimal narx esa, Toshkent shahrining «Eski jo`va dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori»da kuzatildi («Lazer» navli guruch 18 000 so`m).

O`simlik yog`i 14 000 so`mdan 24 000 so`mgacha (litr)

O`simlik yog`i minimal narxi Andijon shahrining "Yangi bozor dehqon bozori", Jizzax shahrining "Jizzax markaziy dehqon bozori", Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (mahalliy paxta yog`i 14 000 so`m) kuzatilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”,  «Mirobod dehqon bozori»da (kungaboqar yog`i 24 000 so`m) aniqlangan.

Shakar 75 000 so`mdan 9 000 so`mgacha (kg)

Shakar mahsulotining minimal narxi Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Eski jo`va dehqon bozori» va «Qo`yliq dehqon bozori»da (7500 so`m) qayd etilgan. Maksimal narxi esa, Jizzax shahrining "Jizzax markaziy dehqon bozori", Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (9 000 so`m) kuzatilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring