Boyovut tuman hokimi maktab direktoriga «Spark»ni topshirdi

Yaqinda Sirdaryo viloyati maktablari o`rtasida "Eng kitobxon maktab" tanlovi o`tkazildi.

Sirdaryoda bo`lib o`tayotgan "Bag`rikeng O`zbekiston — umumiy uyimiz" do`stlik festivali doirasida mazkur tanlovning g`olibi - Boyovut tumani 35-umumta`lim maktabi direktori Akbar Nazarovga viloyat hokimi G`ofurjon Mirzaev «Spark» avtomobilining kalitini topshirdi.

Kitob mutolaasi dunyoqarashni kengaytiradi. Yaxshi kitob o`qigan sari kishida hayotga o`zgacha bir nazar bilan qarash boshlanadi. Muxtasar qilib aytganda, kitob insonni barkamol shaxs sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring