Bosh vazir Abdulla Aripov Shahrisabzga bordi

Bugun, 17 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Shahrisabz shahar hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda,  deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Ma’lum qilinishicha, Bosh vazir boshchiligidagi ishchi guruhi a’zolari Shahrisabz shahrida 2-Xalqaro Maqom festivali oldidan kelgan.

Реклама на Unews

“Maqom festivaliga tayyorgarlik ko‘rish uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha kelishib olindi”, deyiladi Axborot xizmati taqdim etgan xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yilning 26 fevral kuni “II Xalqaro maqom san’ati anjumanini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishga ham imzo chekkan edi.

Реклама на Unews

Hujjatga ko‘ra, Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta o‘tkazilishi belgilangan Xalqaro maqom san’ati anjumanini ikkinchi marta 2020 yil sentyabr oyining birinchi yarmida o‘tkazish to‘g‘risida mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatma berilgan edi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring