Bosh prokurorga birinchi o`rinbosar va Toshkent shahar prokurori tayinlandi

Bosh prokurorning birinchi o`rinbosari Abduxalim Xolmaxmatov boshqa ishga o`tishi munosabati bilan o`z lavozimidan ozod etildi. Uning o`rniga Bahriddin Valiev Bosh prokurorning birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ma`lumot uchun: Bahriddin Valiev 2019 iyul oyidan beri Toshkent prokurori bo`lgan. Undan oldin Buxoro viloyati prokurori sifatida faoliyat olib borgan.

Shuningdek, Farg`ona viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Ulug`bek Qosimov — Toshkent shahar prokurori lavozimiga tayinlandi.

Реклама на Unews

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring